TilBilTilBilYuklab olish

Maxfiylik siyosati

Amal qila boshlagan sana: 21 iyun 2026

TilBil (“biz”, “ilova”) — italyan tilini o‘zbek tilida o‘rgatadigan mobil ilovadir. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Quyida qaysi ma’lumotlarni qaysi maqsadda yig‘ishimiz, qanday saqlashimiz va qanday boshqarishingiz mumkinligi haqida aniq ma’lumot beramiz.

1. Biz qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

1.1. Siz bergan ma’lumotlar

  • Email manzilingiz va parolingiz — hisob yaratish va kirish uchun. Parol Google Firebase Authentication tomonidan xeshlangan ko‘rinishda saqlanadi, biz uni hech qachon ochiq ko‘rinishda saqlamaymiz.
  • Profil ma’lumotlari (ixtiyoriy) — ism, avatar va boshqalar.

1.2. Avtomatik yig‘iladigan ma’lumotlar

  • O‘qish jarayoni — qaysi darslarni tugatganingiz, streak (ketma-ket o‘qigan kunlar), to‘g‘ri va xato javoblar soni. Bu o‘zlashtirishingizni kuzatish va sizga moslashgan tajriba taqdim etish uchun kerak.
  • Texnik ma’lumotlar — qurilma turi, OT versiyasi, ilova versiyasi va anonim xatolik hisobotlari. Biz IP manzilingizni doimiy ravishda saqlamaymiz.

2. Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

  • Sizga ilova xizmatlarini taqdim etish va boshqarish.
  • Hisobingizga kirish va prokursni qurilmalararo sinxronlashtirish.
  • Ilova xatoliklarini aniqlash va sifatni yaxshilash.
  • To‘lov tizimlari orqali Premium obunani boshqarish.

Biz hech qachon sizning ma’lumotlaringizni reklama maqsadida sotmaymiz va uchinchi tomonlarga marketing uchun ulashmaymiz.

3. Ma’lumotlar bilan ishlovchi tomonlar

Ilova quyidagi xizmatlardan foydalanadi. Har biri o‘z maxfiylik siyosatiga ega va sertifikatlangan provayder:

  • Google Firebase — autentifikatsiya, ma’lumotlarni saqlash, fayl xotirasi (xizmat va sifat uchun).
  • Google Play Billing / Apple App Store — Premium obunalar uchun to‘lovlarni qayta ishlash. Biz sizning kredit karta ma’lumotlaringizni hech qachon ko‘rmaymiz.
  • ElevenLabs — italyan talaffuzi audio fayllarini yaratish. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz bu xizmatga uzatilmaydi.

4. Ma’lumotlarni saqlash muddati

Ma’lumotlaringiz hisobingiz faol bo‘lguncha saqlanadi. Hisobingizni o‘chirishni so‘rasangiz, biz 30 kun ichida barcha shaxsiy ma’lumotlaringizni va o‘qish jarayoningizni serverlarimizdan o‘chiramiz.

5. Sizning huquqlaringiz

Siz istalgan vaqtda quyidagi huquqlardan foydalana olasiz:

  • Biz haqingizda saqlagan ma’lumotlarni nusxasini so‘rash.
  • Noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlarni tuzatishni so‘rash.
  • Hisobingizni va ma’lumotlaringizni butunlay o‘chirishni so‘rash.
  • Ma’lumot qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish.

Buning uchun bizga tilbiluz@gmail.com manziliga yozing.

6. Bolalar maxfiyligi

TilBil 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo‘ljallanmagan. Agar siz 13 yoshdan kichik bola ma’lumotlarini bilmasdan yig‘ganimizni payqasangiz, iltimos bizga xabar bering — biz darhol o‘chiramiz.

7. Siyosat yangilanishi

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o‘zgarishlar haqida ilova orqali xabardor qilamiz. Yangilangan sana ushbu sahifa boshida ko‘rsatiladi.

8. Aloqa

Maxfiylik bilan bog‘liq har qanday savollar uchun: tilbiluz@gmail.com.